35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
#Chinoz_tumani Mahallada hokim yordamchisining faoliyati o'rganildi



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, O‘zXDPdan 20-Eshonobod saylov okrugidan saylangan deputat A.Adilbekovga biriktirilgan Kengash kotibiyatibosh mutaxassisi B.Ortiqboyev tomonidan Kanalobod mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda daromad manbalarini shakllantirish borasidagi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida quyidagilar aniqlandi:

📌 “Onlayn mahalla” oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 10 ga yaqin fuqaroga kredit mablag‘lari ajratilgan.

📅 2026-yil davomida jami 32 nafar fuqaroga kredit mablag‘lari ajratilgan bo‘lib, shundan:

🔶 15 nafar fuqaroga — chorvachilik yo‘nalishini rivojlantirish uchun;
🔶 4 nafar fuqaroga — qishloq xo‘jaligi asbob-uskunalarini xarid qilish uchun;
🔶 5 nafar fuqaroga — issiqxona tashkil etish uchun;
🔶 8 nafar fuqaroga — tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit mablag‘lari ajratilgan.

💰 “Mahalla loyihasi” doirasida jami 8 nafar fuqaroga 25 foizli kredit mablag‘lari ajratilgan. Mazkur kreditlar chorvachilik, issiqxona va tikuvchilik yo‘nalishlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

✅ Bugungi kunga kelib, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan rejalar to‘liq bajarilgan.

🔹 Shuningdek, 4 ta oilaga tikuvchilik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish uchun imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan.

🔹 Aholining kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni zamonaviy kasblarga o‘qitish hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida 2026-yil davomida 10 nafar fuqaro turli kasb-hunarlarga o‘qitilib, ularning bandligi ta’minlangan.

Slide 1 of 3