Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hamkorlik va muloqot – samarali faoliyat garovi
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash to'g'risida
янв.21
Qonun targ‘iboti
янв.21
Tuman rivoji yo‘lida: dastur ijrosi nazoratda
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB BERILDI
Ichki yoʻllar holati va harakat xavfsizligi yuzasidan nazorat tadbirlari oʻtkazildi

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzosi M.Halimov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ismatov hamda tuman ichki ishlar boʻlimi va tuman yoʻllardan foydalanish korxonasi vakillari bilan birgalikda mahallalardagi yoʻl infratuzilmasi va harakat xavfsizligi holatini oʻrganish maqsadida nazorat tadbirlarini amalga oshirdi.

🔍Oʻrganishlar doirasida Charmgaron va Shirin mahalla fuqarolar yigʻinlarida ichki koʻcha yoʻllarining holati, koʻchalarning tungi yoritilishi, avtomobil yoʻllarida yuzaga kelayotgan tirbandliklar hamda yoʻl-transport hodisalari koʻp sodir boʻlayotgan hududlarda xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar joyiga chiqqan holda koʻzdan kechirildi.

⛔️Nazorat tadbirlari davomida tuman hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega M-37 “Samarqand–Buxoro–Turkmanboshi” avtomobil yoʻlining 238-kilometr chap tomonida, yaʼni tuman markaziga kirish qismidagi svetafor oldida zarur axborot ishorasi yoʻl belgisi oʻrnatilgani natijasida transport vositalari harakatidagi tirbandliklarning oldi olinib, yoʻl harakati tartibga solingani qayd etildi.

➡️Shuningdek, tuman markazidagi Charmgaron MFY hududida joylashgan Tadbirkor koʻchasidagi tuman tibbiyot birlashmasi oldidan oʻtuvchi ichki yoʻl holati ham oʻrganildi. Mazkur yoʻlni kengaytirish orqali transport vositalarining erkin harakatlanishini taʼminlash, mavjud tirbandliklarni bartaraf etish hamda yoʻl harakati xavfsizligini yanada oshirish boʻyicha mutasaddi davlat organlari va tashkilotlariga asoslantirilgan takliflar kiritildi.

➡️Mazkur oʻrganishlar mahallalarda yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakat muhitini yaratish hamda yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi. Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi tomonidan bu boradagi nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 6