Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala hamda 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala hamda 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tumandagi bozorlarda narx-navolar holati masalasini o‘rganish maqsadida monitoring olib bordi.

O‘rganish jarayonida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha” belgilangan 24 ta tavsiyaning 10-bandi ijrosi yuzasidan bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi, savdo shoxobchalarida yaratilgan sharoitlar hamda iste’molchilar uchun qulayliklar bilan tanishildi.

Shuningdek, o‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar jamlanib, masala tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yigg'ilishi hamda sessiyasida ko‘rib chiqish uchun tayyorlanmoqda. Mavjud muammolarni bartaraf etish va bozorlarda narx-navolar barqarorligini ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4