Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 22-iyun кунги VII-16-50-1-26-K/26-сонли qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlarda o‘rganish va monitoring ishlari amalga oshirilmoqda.

 Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 22-iyun кунги VII-16-50-1-26-K/26-сонли qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlarda o‘rganish va monitoring ishlari amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan kotibiyat xodimlari tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limida bo‘lib, mazkur qarorda belgilangan vazifalarning bajarilish holati bilan tanishdilar. Tashrif davomida bo‘lim rahbari bilan uchrashuv o‘tkazilib, qaror ijrosini ta’minlash, atrof-muhit muhofazasi, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda hududlarda ekologik madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Suhbat jarayonida hududlardagi ekologik holatni yaxshilash, chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, yashil hududlar maydonini kengaytirish, daraxt va butalarni asrash, aholi o‘rtasida ekologik ong va madaniyatni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar
xususida fikr almashildi.
Mazkur o‘rganish ishlari tuman Kengashi qarorlari ijrosini ta’minlash, ekologik holatni yanada yaxshilash va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat
qiladi.
  

Slide 1 of 3