Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi S.Maxkamovning o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan hisoboti bo'yicha Kengash qarori tasdiqlandi.

#Kengash_sessiyalariga_oid

Xalq deputatlari tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi S.Maxkamovning o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan hisoboti bo'yicha Kengash qarori tasdiqlandi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 26-maydagi VII-27-65-7-100-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlandi.

Mazkur qaror bilan doimiy komissiya faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan bir qator vazifa va tavsiyalar berildi.

-tumanda qonuniylikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha dasturlarni, tadbirlarni ishlab
chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

-korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalarga oid qonun hujjatlari, davlat dasturlarining ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish;

-tumanda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarning holatini kompleks o‘rganish hamda ushbu sohadagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

-hokimlik bo‘limlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek Xalq qabulxonasi, prokuratura, majburiy ijro byurosi, ichki ishlar, adliya bo‘limi rahbarlarining komissiya vakolatiga talluqli masalalari bo‘yicha dastlabki tarzda komissiya majlislarida hisobotlarini (axborotlarini) eshitish tavsiya etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1