Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
Ikkita muhim masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Ikkita muhim masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Tuman Kengashi deputati N.Mirova tomonidan tuman aholisini qiynayotgan ikki yirik muammoni hal etish maqsadida tegishli tashkilot rahbarlariga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborildi.
Birinchi masala: "Xo‘jailmkoni" MFYda suyultirilgan gaz muammosi.
Mahalla aholisidan gaz ballonlari o‘z vaqtida yetkazib berilmayotgani, oraliq muddat 70 kundan oshib ketgani bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.
Ikkinchi masala: Ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish
"Xo‘jailmkoni" MFYning ta’mirtalab ichki yo‘llari sababli yog‘ingarchilik kunlarida loy bo‘lib, maktab o‘quvchilari va aholi qatnoviga jiddiy qiyinchilik tug‘dirmoqda. Hududda jami 3 km masofadagi ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish zarurati bor.
Ko‘chalar kesimida:
Hamjihat ko‘chasi – 0,4 km;
Xojagulbog‘ ko‘chasi – 1,6 km;
Navqiron ko‘chasi – 1,0 km.
Har ikki masala yuzasidan so'rovlar deputat nazoratiga olingan bo‘lib natijasi yuzasidan ma'lumot berib boriladi.
Slide 1 of 1