Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hamkorlik va muloqot – samarali faoliyat garovi
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash to'g'risida
янв.21
Qonun targ‘iboti
янв.21
Tuman rivoji yo‘lida: dastur ijrosi nazoratda
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB BERILDI
Deputatlik so‘rovi ijrosi: Gulobod MFY mahalla markazi kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgani ma’lum qilindi

 Deputatlik so‘roviga taqdim etilgan rasmiy javobda Samarqand shahar hokimining 2018-yil 12-apreldagi 722-son qaroriga asosan “Gulobod” mahalla fuqarolar yig‘ini mahalla markazi foydalanishidagi 3246 kvadrat metr yer maydoni hamda 336 kvadrat metr qurilish osti maydoniga ega bino-inshootlar bo‘yicha kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgani ma’lum qilindi.

Xususan, Davlat kadastrlari palatasi Samarqand shahar filiali tomonidan mazkur obyektga 2019-yil 17-yanvar kuni 436.208.154-raqam bilan kadastr hujjatlari tayyorlanib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Shunday qilib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masala yuzasidan zarur ma’lumotlar olinib, mahalla markazi obyektining kadastr hujjatlari amaldagi tartibda rasmiylashtirilganligi tasdiqlandi.

Deputatlik nazorati va aholi bilan muloqotlar davomida ko‘tarilayotgan masalalarni o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish ishlari izchil davom ettirilmoqda.