Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
Yoshlar xavfsizligi va huquqiy savodxonligi — muhim yo‘nalish

Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati A.E. Sharipov tashabbusi bilan, Adolat SDP partiyasi hamkorligida tumandagi 339-maktabning 9–10-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kiberjinoyat va narkojinoyatdan himoyalanish” mavzusida ochiq suhbat hamda targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

📌 Tadbirda “Qalqon” MFY profilaktika inspektori hamda yoshlar yetakchisi ishtirok etib, o‘quvchilarga internet tarmog‘idagi xavf-xatarlar, ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarlik holatlari va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berdi.

💬 Suhbat davomida:
🔹 feyk xabarlarni aniqlash,
🔹 internet xavfsizligi,
🔹 shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish,
🔹 Telegram’dagi firibgarlik usullari,
🔹 narkojinoyatlarning oldini olish masalalari yuzasidan foydali tavsiyalar berildi.

🤝 Tadbir yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularni turli tahdidlardan ogoh etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 1