Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hamkorlik va muloqot – samarali faoliyat garovi
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash to'g'risida
янв.21
Qonun targ‘iboti
янв.21
Tuman rivoji yo‘lida: dastur ijrosi nazoratda
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB BERILDI
Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!

Barchangizni mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik timsoli bo‘lgan muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman.

Ushbu ulug‘ ayyom insonlarni ezgulikka, bir-biriga yaxshilik qilishga, muhtojlar holidan xabar olishga, oila va jamiyatda mehr-muruvvat muhitini mustahkamlashga chorlaydi. Qurbon hayiti azal-azaldan xalqimiz uchun tinchlik, hamjihatlik, shukronalik va bag‘rikenglik bayrami sifatida qadrlanib kelinadi.

Mazkur qutlug‘ kunlarda har bir xonadonga fayzu baraka, qut-baraka va shodlik kirib kelsin. Yurtimizda doimo tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va farovonlik hukm surishini tilayman.

Keksalarimiz sog‘-salomat bo‘lishsin, yoshlarimizga ulkan zafarlar va baxtli kelajak nasib etsin. Har bir oilada mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va ahillik yanada mustahkam bo‘lsin.
Yaratgan egam barchamizni o‘z panohida asrasin, qilgan duo va ibodatlarimiz, xayru ehsonlarimiz qabul bo‘lsin.

Barchangizni yana bir bor Qurbon hayiti bilan muborakbod etaman!
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! 🌙

Slide 1 of 1