Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hamkorlik va muloqot – samarali faoliyat garovi
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash to'g'risida
янв.21
Qonun targ‘iboti
янв.21
Tuman rivoji yo‘lida: dastur ijrosi nazoratda
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB BERILDI
🔰Gurmiron mahallasidagi ekologik muammo deputatlar tomonidan joyida o‘rganildi
🔰Gurmiron mahallasidagi ekologik muammo deputatlar tomonidan joyida o‘rganildi

🏦Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyat mudiri D.Valieva hamda Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 7-Shirinbuloq saylov okrugi deputati A.Dadajonov tomonidan Gurmiron mahallasi hududida aholi tomonidan bildirilgan murojaat asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

📥O‘rganish jarayonida mahalla hududidan o‘tuvchi kanalizatsiya tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgani, oqova suvlar tashqi muhitga chiqib, Yertikon suv ombori tomon oqib ketayotgani aniqlandi. Mazkur holat atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, sanitariya-epidemiologik holatning yomonlashishi hamda aholi salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi sababli masalaga alohida e’tibor qaratildi.

✍️Deputatlar tomonidan muammoning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, mas’ul tashkilotlar va mutasaddi idoralar vakillari bilan joyida muloqot o‘tkazildi. Kanalizatsiya tizimidagi nosozlikni bartaraf etish, oqova suvlarning suv omboriga oqib tushishining oldini olish hamda hududda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni tezkor tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

📝 O‘rganish natijalari asosida muammoni qisqa muddatlarda hal etish maqsadida tegishli tashkilotlar rahbarlariga deputatlik so‘rovlari yuborildi. Ularda kanalizatsiya tarmog‘ini ta’mirlash, nosozliklarni bartaraf etish, oqova suvlarning atrof-muhitga tarqalishini cheklash va kelgusida bunday holatlarning oldini olish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

📂Shuningdek, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, aholi yashash muhitini sog‘lom saqlash hamda tabiiy suv resurslarini muhofaza qilish har bir mas’ul tashkilotning ustuvor vazifalaridan biri ekani qayd etildi.

🤝 Mazkur masala bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va deputatlik so‘rovlari ijrosi Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, muammo to‘liq bartaraf etilgunga qadar monitoring ishlari davom ettiriladi.

👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Rasmiy sayt|📱 Telegram|📱 Facebook| 📱 Instagram| 📱 Youtube
Slide 1 of 4