Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
Deputat uchrashuvi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nafosat Allaberganova deputatlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan mahalladagi soliq inspektori zimmasiga yuklatilgan vazifalar samaradorligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganish davomida “Saxovat” mahallasida 778 nafar jismoniy va 18 ta yuridik soliq to‘lovchi mavjudligi qayd etildi. 2026-yil 22-may holatiga ko‘ra jami soliq tushumlari rejasi 748 mln so‘m etib belgilangan bo‘lib, amalda 618,2 mln so‘m yoki 82,6 foiz bajarilgan.

Jismoniy shaxslardan tushum rejadagi 370 mln so‘m o‘rniga, yil boshidan qolgan 75 nafar jismoniy shaxsning 42 mln so‘mlik boqimanda qarzi bilan birgalikda 462 mln so‘mni tashkil etib, reja 124,9 foizga bajarilgan.

Shuningdek, aholi o‘rtasida soliq qonunchiligini targ‘ib qilishda deputatlar hamda mahalla “yettiligi” faollarini keng jalb etish yuzasidan deputat N.Allaberganova tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1