35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hamkorlik va muloqot – samarali faoliyat garovi
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash to'g'risida
янв.21
Qonun targ‘iboti
янв.21
Tuman rivoji yo‘lida: dastur ijrosi nazoratda
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB BERILDI
Deputat faoliyatidan

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 3-Yobu saylov okrugidan saylangan deputat Muxtorova Nisora Murodillayevna o‘z saylov okrugida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilish holatini o‘rganish maqsadida joylarda bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida quyidagi masalalar ko‘zdan kechirildi:

-dori vositalarining saqlanish sharoitlari, yaroqlilik muddatlari;

-bemorlarga bepul berilishi lozim bo‘lgan dori vositalarining mavjudligi;

-dorilar yetkazib berish jarayoni va ularning hisob-kitobi;

-aholining dori ta’minoti bo‘yicha murojaatlari va ularning amalda bajarilishi;

-dorixonalar va poliklinika o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari o‘rganildi.

Ushbu o‘rganishning maqsadi — aholining dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, jarayonda shaffoflikni kuchaytirish hamda tizimda yuzaga kelayotgan muammolarning oldini olishdir.

Slide 1 of 2