35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hamkorlik va muloqot – samarali faoliyat garovi
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash to'g'risida
янв.21
Qonun targ‘iboti
янв.21
Tuman rivoji yo‘lida: dastur ijrosi nazoratda
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB BERILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat M.Kazakova “Xo‘jaobod” mahallasida bo‘lib, ijtimoiy xodim faoliyatini o‘rgandi.

#24_ta_masala 

#Deputat_faoliyati 

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat M.Kazakova “Xo‘jaobod” mahallasida bo‘lib, ijtimoiy xodim faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahallada 112 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolar mavjudligi, 8 nafar ehtiyojmand oila davlat ta’minotida ekanligi hamda 10 nafar kam ta’minlangan oila ro‘yxatda turishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, 2026-yil davomida mahalladagi saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan 40 nafardan ortiq ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va pul mablag‘lari berilgani qayd etildi.

Mahallada 16 nafar bola vasiylik va homiylik asosida qarindoshlari qaramog‘ida tarbiyalanayotgani, ulardan 1 nafari chin yetim ekanligi bildirildi.

Bundan tashqari, 13 nafar kam ta’minlangan oila farzandlariga o‘quv qurollari, parta, kiyim-kechak va poyabzallar tarqatilgani ta’kidlandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 3