35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hamkorlik va muloqot – samarali faoliyat garovi
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash to'g'risida
янв.21
Qonun targ‘iboti
янв.21
Tuman rivoji yo‘lida: dastur ijrosi nazoratda
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB BERILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati Maxkamov Sobir To‘xtamishovich bilan birgalikda Istiqlol mahallasi hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati 

#24_ta_masala 

#Deputatlar_faoliyati 

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati Maxkamov Sobir To‘xtamishovich bilan birgalikda Istiqlol mahallasi hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, 2026-yil davomida hududga jami 455 mln so‘m kredit resurslari ajratilgan bo‘lib, shundan 45 mln so‘mi tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishiga yo‘naltirilgan. Mazkur mablag‘lar hisobidan 5 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Shuningdek, 205 nafar fuqaroga jami 69 gektar yer maydoni ajratilishiga ko‘maklashilgan hamda 2 ta mikroloyiha amalga oshirilgan.

Kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida individual dasturlar asosida yil yakuniga qadar 50 nafar fuqaroni kambag‘allikdan chiqarish belgilangan bo‘lib, bu borada amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

O‘rganish yakunida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 2