Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Muborak tumanida ijtimoiy soha ob’ektlari o’rganib chiqldi.
янв.21
Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining VI chaqiriq 69-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
Muborak tumanida "Mahalla yettiligi" va deputatlar hamkorligi
янв.21
Muborak tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o’rganish hamda “Mahalla yettiligi” bilam hamkorlikni yo'lga qo'yish to'g'risida
янв.21
Xalq deputatlari Muborak tuman Kengashining VI chaqiriq 68-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Muborak tuman Kengashi deputatlari tomonidan targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida
янв.21
Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining VI chaqiriq 67-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
"Ramazon oyi" munosabati bilan
NAZORAT REJASINING IJROSI DOIMIY KOMISSIYALAR NAZORATIDA

2024-yil 16-iyul kuni soat 16-00da Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyatida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Chinoz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasining tegishli bandlarining joriy yil 2-chorak yakunlari ijrosi bo‘yicha tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari T.Tajibayevning hisoboti eshitildi.

Majlis kun tartibidagi masala tanqidiy muhokama etilib, unda deputatlar O.Dadajonov, B.Saydullayev, A.Axmedov, E.Ozatov, I.Sodiqovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. 

Kun tartibidagi masala yuzasidan hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etmaganliklari va majlisda qatnashmaganliklari uchun tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari faoliyatiga salbiy baho berilib, qonuniy chora ko‘rish uchun tuman hokimiga taklif kiritish belgilab olindi. Doimiy komissiyalar a’zolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib, qo‘shma majlisning tegishli qarori qabul qilindi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 1