Konimex tumani Yangiqazg‘on OFY Yangiqazg‘on ovulida “Chilla — iste’dodlar mavsumi” madaniy tadbiriga start berildi. Tadbirni tuman Kengashi raisi Ruslan Ro‘ziyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbirda tuman Kengashi raisi tashabbusi bilan aholi uchun dasturxon yozilib, konsert dasturi tashkil etildi. Shuningdek, tadbir davomida rasmlar tanlovi, sport musobaqalari, kitoblar hamda milliy urf-odatlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Tadbirda aholiga osh tortilib, tuman Madaniyat bo'limi хodimlari va xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy - qo'shiqlar konsert dasturiga yig'ilgan aholi vakillariga birday manzur bo'ldi.