Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hamkorlik va muloqot – samarali faoliyat garovi
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash to'g'risida
янв.21
Qonun targ‘iboti
янв.21
Tuman rivoji yo‘lida: dastur ijrosi nazoratda
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB BERILDI
"OCHIQ BUDJET" LOYIHALARI IJROSIDA – XALQ MANFAATI USTUVOR!

"Ochiq byudjet" doirasida tanlangan loyihalarni amalga oshirishda nafaqat belgilangan muddat va sifat, balki fuqarolarimizning mulkiy daxlsizligi va kundalik turmush qulayligi ham ustuvor vazifa sanaladi.

Ayni kunlarda Urganch shahrida amalga oshirilayotgan 300 metr uzunlikdagi irrigatsiya tizimi (lotok) qurilishi jarayoni bu borada mas’uliyatli yondashuv qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib berdi. Loyihaning dastlabki loyihalashtirish bosqichida qurilish ishlarini aholi xonadonlari oldidagi obodonlashtirilgan hududlar — barchaga manzur bo‘lgan burchatkali (bruschatka) yo‘laklar orqali o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Bu esa, tabiiyki, aholining shaxsiy mulkiga ziyon yetkazish xavfini tug‘dirar edi.

Biroq, vaziyatni chuqur tahlil qilgan mas’ullar va Urganch shahar Kengashi raisi va deputatlari tomonidan oqilona yechim topildi. Qurilish loyihasi qayta ko‘rib chiqilib, ish jarayoni yo‘lning qarama-qarshi tomoniga ko‘chirildi. Natijada, birorta ham xonadonning fasad qismiga yoki obodonlashtirilgan maydonlariga zarar yetkazilmasligi ta’minlandi.

Mazkur jarayonni nazorat qilish maqsadida Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi va deputatlari ishtirokida joylarda o‘rganish ishlari olib borildi. Mas’ullarning asosiy maqsadi – qurilish ishlarining nafaqat sifatli va belgilangan muddatda yakunlanishini nazorat qilish, balki har bir qaror zamirida xalq manfaatini asrashdir.

Bu kabi holatlar – mahalliy boshqaruv tizimida nafaqat loyiha raqamlari, balki inson omili va xalq roziligi birinchi o‘rinda turganligining yaqqol isbotidir. Binobarin, aholi bilan hamjihatlikda qilingan har qanday ish o‘zining samarasi va uzoq umr ko‘rishi bilan ajralib turadi.