Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hamkorlik va muloqot – samarali faoliyat garovi
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash to'g'risida
янв.21
Qonun targ‘iboti
янв.21
Tuman rivoji yo‘lida: dastur ijrosi nazoratda
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB BERILDI
Navoiy shahridagi 16-sonli maktab faoliyati o‘rganildi

Navoiy shahridagi 16-sonli maktab faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar kengashi deputati Xudayqulova Nargiza Gaybullaevna tomonidan ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish doirasida Navoiy shahridagi 16-sonli umumta’lim maktabida monitoring ishlari olib borildi. Ushbu tashrif maktabdagi ta’lim sifati, moddiy-texnik baza hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni atroflicha tahlil qilishga qaratildi.

Tashrif davomida deputat, avvalo, maktabning sport infratuzilmasi bilan tanishdi. Sport zalida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar, jihozlarning holati va ulardan foydalanish samaradorligi o‘rganildi. Sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish, o‘quvchilarni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Shuningdek, maktabdagi laboratoriya xonalari ham atroflicha ko‘zdan kechirildi. Fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun zarur jihozlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi holati tahlil qilindi. Deputat mazkur xonalarda o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash imkoniyatlari qay darajada yo‘lga qo‘yilgani bilan qiziqdi.

O‘rganish jarayonida maktab rahbariyati va pedagoglar bilan muloqot o‘tkazilib, ta’lim sifatini yanada oshirish, zamonaviy o‘qitish usullarini joriy etish, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ham tinglandi.

Xudayqulova Nargiza Gaybullaevna o‘z so‘zida ta’lim muassasalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, yosh avlodning sifatli ta’lim olishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladi. U maktabdagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.

Mazkur o‘rganish ishlari kelgusida ta’lim tizimini takomillashtirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Slide 1 of 11