Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hamkorlik va muloqot – samarali faoliyat garovi
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash to'g'risida
янв.21
Qonun targ‘iboti
янв.21
Tuman rivoji yo‘lida: dastur ijrosi nazoratda
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB BERILDI
Aholi murojaatlari o‘rganildi

#_Deputat_faoliyati

Aholi murojaatlari o‘rganildi

️ Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Ashurov, tuman Kengashi deputati A.Ro'ziyevlar tumandagi "Ehtirom" mahallasi fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarni manzilli o‘rganishdi.

 O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid qator masalalar, jumladan, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy yordamlar hamda boshqa dolzarb muammolar yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqildi.

️ Kelib tushgan murojaatlar deputat tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va muassasalarga deputat so‘rovlari yuborish, shuningdek, mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.

Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqotni muntazam davom ettirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hududda mavjud muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha ishlar izchil olib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4