Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Muborak tumanida ijtimoiy soha ob’ektlari o’rganib chiqldi.
янв.21
Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining VI chaqiriq 69-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
Muborak tumanida "Mahalla yettiligi" va deputatlar hamkorligi
янв.21
Muborak tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o’rganish hamda “Mahalla yettiligi” bilam hamkorlikni yo'lga qo'yish to'g'risida
янв.21
Xalq deputatlari Muborak tuman Kengashining VI chaqiriq 68-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Muborak tuman Kengashi deputatlari tomonidan targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida
янв.21
Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining VI chaqiriq 67-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
"Ramazon oyi" munosabati bilan
Ehtiyojmand oilalar Deputatlar e’tiborida

Ehtiyojmand oilalar Deputatlar e’tiborida 

Har qanday jamiyatda ijtimoiy muhofazaga muhtoj
qatlam bo‘ladi, qonunlarning joylardagi ijrosi, davlat boshqaruvini amalga
oshirish jarayonlarida ularning huquq va manfaatlari ifoda etilishi va himoya
qilinishi zarur. Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi deputatlarining asosiy
g‘oyasi jamiyatdagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamning huquq va
manfaatlarini himoya qilish va ularga yordam berishga qaratilgan bo‘lib, davlat
fuqarolar oldidagi majburiyatlarini bajarishi, ularning ta’lim olishlari, hunar
o‘rganishlari, mehnat qilishlari, ishga munosib haq olishlari, daromad manbaiga
ega bo‘lishlari, malakali tibbiy xizmatdan foydalanishlari kabi ustuvor
huquqlarining ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy holatidan qat’iy nazar, barcha
fuqarolarga sharoit yaratilishiga ko‘mak berishdan iborat
 

Ta’kidlash joizki, Xalq deputatlari Kogon tuman
Kengashi deputatlari ham fuqarolarning og‘irini yengil qilish, tumanimizni
kambag‘allikdan holi hududga aylantirish maqsadida bir qancha ishlar amalga
oshirib kelishmoqda.
 

Jumladan; Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi
kotibiyati mudiri,
9-Sho‘robod saylov okrugi deputati Djabarova Zamira Shukurovna “Siyoz
poyon” “mahalla yettiligi” xodimlari bilan birgalikda kam ta’minlangan
ehtiyojmand oilalar xonadonlariga
borib
o‘rganildi. Mahallada jami 53 ta xonadon kambag‘al oilalar ro‘yxatida
turganligi aniqllanib ularning holidan xabar olindi. O‘rganishlar davomida 33
ta
xonadonga subsidiyalar berilib
kambag‘al oilalar ro‘yxatidan chiqarildi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, hozirgi kecha-kunduzda
fuqarolarni rozi qilish borasidagi masalalar Xalq deputatlari Kogon tuman
Kengashi deputatlarining asosiy ish mezoniga aylandi. Bu esa, xalqning ertangi
kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilayotganligi bilan yanada
ahamiyatlidir.
 

Slide 1 of 1