Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hamkorlik va muloqot – samarali faoliyat garovi
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash to'g'risida
янв.21
Qonun targ‘iboti
янв.21
Tuman rivoji yo‘lida: dastur ijrosi nazoratda
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB BERILDI
Aholiga tibbiy yordam ko’rsatish holati deputat nazoratida.

Mahalla aholisiga sifatli va o’z vaqtida tibbiy yordam ko’rsatish deputat e’tiborida. Joriy yilda mahalla tibbiyot punktlari va poliklinikalarda tibbiy xizmatlarning samaradorligi, zarur dori-darmon va asbob-uskunalar bilan ta’minlanganligi 8-Qalaychorbog’ saylov okrugi deputati R.Safarov hamda tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Fatullayevlar 41-OP da tibbiy xizmat ko'rsatishning sifati, zamonaviy moddiy-texnik bazasini mustahkamligi va bo'limda kadrlar salohiyatini o'rgandi.

O’rganish davomida aholi va tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Sohadagi muammolar va ehtiyojlar o’rganildi, tibbiy xizmatdan rozilik va qoniqish darajasi aniqlandi. Shu bilan birga, zarur

tibbiy preparatlar va xizmat ko’rsatish sifati ta’minlanishi uchun deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat nazoratidagi ishlar aholi sog’lig’ini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlarning samaradorligini

oshirish hamda aholi uchun qulay va tezkor tibbiy yordamni ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, mahalla aholisi orasida profilaktika ishlari, tibbiy bilim va salomatlik haqidagi tushuntirish ishlari ham amalga oshirildi.

Bu ishlar aholi uchun tibbiy xizmat ko’rsatishning barqarorligi va yuqori darajada ta’minlanishiga xizmat qiladi. Deputat nazoratida olib borilgan tadbirlar aholining salomatligini muhofaza qilish va tibbiy yordam sifatiga oid masalalarni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 

Slide 1 of 1