Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hamkorlik va muloqot – samarali faoliyat garovi
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash to'g'risida
янв.21
Qonun targ‘iboti
янв.21
Tuman rivoji yo‘lida: dastur ijrosi nazoratda
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB BERILDI
Deputat nazorati

 Xalq deputatlari Ohangaron
tuman Kengashiga “9-Qiziloy” okrugidan saylangan deputat Nafisa Mo‘minova
"Qiziloy" MFY hududida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.
 

  

Deputat bu yerda ta’lim-tarbiya
sifati, muassasada yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan deputatlik va jamoatchilik
nazoratini amalga oshirdi.
 

  

Shuningdek, muassasa jamoasi
bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, 2026 yilga mo‘ljallangan rejalar, tarbiyachilar
tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va tadbirlar muhokama qilindi. Tashkilot
binolarida yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirilib, sohada olib borilayotgan
islohotlar yuzasidan atroflicha axborot berildi.
 

  

Muloqot davomida O‘zbekiston
Respublikasining 2019 yil 16 dekabrda qabul qilingan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya
to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-sonli Qonuni mazmun-mohiyati, uning asosiy talablari hamda
bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar xususida targ‘ibot-tashviqot va tushuntirish
ishlari olib borildi.
 

  

Shu bilan birga, o‘sib
kelayotgan yosh avlodni sifatli ta’lim-tarbiya bilan qamrab olish, ularni har tomonlama
barkamol etib tarbiyalash borasidagi ustuvor vazifalar alohida ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 1