35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
VOBKENT TUMANIDA MADANIYAT SOHASIGA EʼTIBOR KUCHAYMOQDA

Oʻrganishlar davomida aniqlanishicha, bugungi kunda Vobkent tumani madaniyat boʻlimi tasarrufida 4 ta madaniyat markazi — 27-son tuman, 28-son “Yangikent”, 29-son “Shodlik” va 30-son “Iftixor” madaniyat markazlari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 3 ta “Xalq” unvoniga ega jamoalar — “Xalq teatri”, “Mardona” folklor-etnografik jamoasi hamda “Zafar” sirk xalq havaskorlik jamoasi, yana 7 ta ijodiy jamoalar samarali faoliyat olib bormoqda. Hududda yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda turli yoʻnalishlarda 25 ta toʻgaraklar tashkil etilgan. Jumladan, doira, tikuvchilik, tasviriy sanʼat, badiiy oʻqish, bolalar folklori, drama, qoʻgʻirchoq teatri, raqs, askiyachilik va soʻz sanʼati, estrada cholgʻulari kabi yoʻnalishlar, shuningdek mental arifmetika va ingliz tili kurslari yoʻlga qoʻyilgan. Mazkur toʻgarak va kurslarga 442 nafardan ortiq yoshlar jalb qilingan.

Madaniyat markazlari zarur texnik vositalar bilan toʻliq taʼminlangan boʻlib, musiqa va cholgʻu asboblari, ovoz kuchaytirish uskunalari, sahna liboslari hamda dekoratsiyalar mavjud. Bundan tashqari, zamonaviy jihozlangan ovoz yozish studiyasi ham tashkil etilgan.

Energiya tejamkorligini oshirish maqsadida 2025-yilda madaniyat markazlarida quyosh panellari oʻrnatildi. Xususan, 27-son madaniyat markazida 30 kVt, 29-son “Shodlik” markazida esa 15 kVt quvvatli panellar ishga tushirilib, jami 45 kVt quvvat yaratildi.

2026-yil davomida tumandagi 39 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida 30 dan ortiq madaniy-maʼrifiy tadbirlar, xalq sayllari va konsert dasturlari tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda 9950 nafardan ortiq aholi, jumladan yoshlar faol ishtirok etdi.

Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 27-son madaniyat markazida zamonaviy kinozal tashkil etilgan boʻlib, unda bolalar uchun milliy multfilmlar, oʻsmirlar hamda keng jamoatchilik uchun maʼrifiy va tarixiy filmlar muntazam namoyish etib kelinmoqda.

Madaniyat markazlari qoshidagi ijodiy jamoalar viloyat, respublika va xalqaro miqyosdagi “Ipak va ziravorlar”, “Sharq taomlari”, “Afandi kunlari”, “Zargarlik va zardoʻzlik”, “Qovun sayli”, “Hunarmandlar” kabi festivallarda faol qatnashib, yuqori natijalarga erishmoqda.

Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda. Jumladan, 2025–2026-yillar davomida MTRK Buxoro telekanali orqali 4 marotaba, “Madaniyat va maʼrifat” telekanalida 2 marotaba hamda “Oʻzbekiston 24” telekanalida 2 marotaba maxsus koʻrsatuvlar efirga uzatilgan.

Kadrlar salohiyatini oshirish borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda 15 nafar xodim oliy taʼlim muassasalarining sirtqi boʻlimlarida tahsil olmoqda.

Oʻrganishlar yakunida 2026-yil uchun ustuvor vazifalar ham belgilab olindi. Jumladan, madaniyat markazlarida qoʻshimcha pullik kurslar tashkil etish, korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish orqali xizmatlar ko‘lamini oshirish, shuningdek, chekka hududlarda yangi madaniyat markazlarini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Albatta, amalga oshirilayotgan bu ishlar hududda madaniy hayotni yanada jonlantirish, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 

Slide 1 of 14