Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hamkorlik va muloqot – samarali faoliyat garovi
янв.21
Hududda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash to'g'risida
янв.21
Qonun targ‘iboti
янв.21
Tuman rivoji yo‘lida: dastur ijrosi nazoratda
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB BERILDI
DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI MAJLISI BOʻLIB OʻTDI

2026-yil 17-fevral kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi majlisi boʻlib oʻtdi.

Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatning Bogʻot, Gurlan va Qoʻshkoʻpir tumanlarida aholi yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun qulay muhit yaratish, infratuzilmani yaxshilash orqali ushbu hududlarni “ogʻir” toifadan namunali hududga aylantirishga qaratilgan kompleks rivojlantirish dasturini tasdiqlash, shuningdek, 2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, aholi daromadini oshirish, barqaror ish oʻrinlarini yaratish hamda kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari masalalari muhokama qilindi va masʼul tashkilotlar axborotlari tinglanib, aniq vazifalar belgilandi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 3