Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1. Chinoz tumanida “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi ijrosi hamda yoshlar muammolarining hal etilishiga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish borasida 2024-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirining Chinoz tumanidagi sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning 2024-yilning 1-choragi yakuni bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati haqidagi axboroti to‘g‘risida;
3. Chinoz tumanidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida Chinoz tumani Adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Adliya bo‘limi boshlig‘ining axboroti haqida;
4. Chinoz tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida 2024-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti haqida;
5. Chinoz tumanida“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida;
6. Chinoz tumanida Yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida joriy yilning yanvar-aprel oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
Majlis kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar O.Dadajonov, N.Muxamadiyeva, Sh.Botirov, K.Shermatovalar o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Doimiy komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida tegishli qarorlar qabul qilindi.