"Maslahat Kengashi"da Sessiya kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-oktabrdagi “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-343-son qarorining viloyatdagi ijrosi yuzasidan “Samarqand suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori K.Yusupovning hisoboti;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha (Ombudsman) mintaqaviy vakili D.Xusanovning 2023-yilda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida axboroti;
hududlarda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflari miqdorini ma’qullash to‘g‘risida;
Pastdarg‘om tumanidagi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hududi (chegarasi)ga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijro hokimyati organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda shaxsiy mas’uliyatini ko‘chaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5230-sonli qaroriga asosan viloyat hokimi o‘rinbosarlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2024-yil I chorak ijrosi hamda II, III, IV chorak rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2024-yil 10-fevraldagi SQ-875-IV-sonli qaroriga asosan 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasini 2024-yilda viloyatda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida;
viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.
Shuningdek, doimiy komissiya raislari tomonidan quyidagi 2 ta qo'shimcha masala Sessiya kun tartibiga kiritildi.
- Viloyatda biznes muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida;
-Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida.