Bugun 15-aprel kuni Xalq deputatlari Bo'stonliq tumani Kengashi kotibiyati va doimiy komissiyalarining qo'shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- Bo‘stonliq tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasining 2024-yil 25-martdagi 2024-yil sug'orish mavsumida tumandagi iste'molchilar kesimida suv limitini tasdiqlash haqidagi 82/02-42-sonli murojaatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;
- Bo‘stonliq tumanda yerga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlari to'liq bo'lmagan, hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qiladigan, doimiy foyalanish uchun ajratilgan qishloq xo'jaligiga moljallangan yerlardan foydalanish holatini Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan o'rganish yakunlari to‘g‘risida;
- Bo'stonliq tumani hududidagi mahallalarning ma'muriy-hududiy birliklari chegaralarini belgilash to‘g‘risida;
- Bo'stonliq tumanida kechiktirib bolmaydigan tadbirlarni moliyalashtirish to‘g‘risida;
- Bo'stonliq tumani Tibbiyot birlashmasining 2024-yil 1-chorak davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida.
Yig‘ilish yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.