2024 -yil 18-aprel sanasida Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Mamirova Oltinoy Tulanbaevna bir guruh tuman Kengashi deputatlari bilan tumandagi Toshhovuz, Yorqishloq, Yangiko`rpa, Qutlug`, Beshtol,Guliston, Qo`shterak mahallalarida bo`ldilar. Deputatlar mahallalarda olib borilayotgan islohatlar, ya`ni "Mahalla ettiligi" tizimining samarali natijalarini o`rgandilar.
Deputatlar mahallalardagi aholi xonadonlarida bo`lib, tomorqasidan samarali foydalanayotgan xonadon vakillari bilan suhbatlashdilar. Shuningdek deputat O. Mamirova mahalla faollari va aholu vakillari bilan Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi tomonidan olib borilayotgan ishlar, tadbiq qilinayotgan yangi qarorlar mohiyati xususida fikr mulohazalar bildirdi.