Bog‘cha aslida oilada olinadigan tarbiyaning ilmiylashgan, yanada samarasi yuqori bo‘lgan holda tarbiya beradigan dargoh. Oilasida, guzarlar ko‘chalarida o‘ynab yurgan bolalar bog‘chalarimiz bolalari saflariga kelib qo‘shilishadi. Dargohda eng avvalo tengqurlar jamoa bo‘lib yashashni guvohiga aylanishadi, birgalikda o‘yinlar o‘ynaydi, ovqatlanadi, jumboqlarni yechishadi. Xullas yangi bir olamga kirib keladi. Buning ham o‘rni beqiyos.
Biz doimo eng yaxshi usullar bilan bolalar tarbiyasini yanada yaxshilashga intilamiz.Bu borada bolalarning kunduzgi uyqusini alla aytib uxlatish, Qo‘g‘irchoq teatrlari tashkil etidi. Bog‘cha bolalari endi o‘zlari rollar ijro etishadi. Bir qismi tomosha qiladi. Bu orqali bolalarda teatrga, ertaklar qahramonlariga beixtiyor havas uyg‘otiladi. Har bir guruhda milliy burchaklar tashkil etdik. Tikish, kashtachilik, beshikka bolani belash, qo‘g‘irchoqlar yasash sirlari o‘rgatilmoqda.