Bugun xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashi deputatlaridan tuzilgan ishchi guruh tumandagi dehqon bozorlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganishlar davomida bozorlardagi veterinariya xizmati ish faoliyati, sotuvchi va xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar, bozor hududi va atroflarida sanitariya va gigiyenik qoidalarga nechog‘lik amal qilinayotganligi hamda savdo rastalari holatlari ko‘zdan kechirildi.
Yakunda aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga kerakli tavsiyalar berilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.