#Deputat_mahallada
Deputatlik nazorati — aholi manfaatlari va muammolariga e’tibor demakdir!
✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 5-saylov okrugi deputati N. Bayuzakova tomonidan tumandagi “O‘rikzor” mahallasi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash, murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj ayollar bilan ishlash hamda mahallada xotin-qizlar faolligini oshirish borasidagi ishlar samaradorligiga e’tibor qaratildi.
✅Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.