“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limida “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2004-yil 26-avgustdagi 662-II-son Qonun ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish davomida mazkur Qonun talablarining amalda bajarilishi, qonunchilikda belgilangan vazifalar ijrosi hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!