Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT BASLAMASI MENEN — MÁHÁLLEDE UNAMLI ÓZGERISLER
янв.21
DEPUTAT SAYLAWSHILAR ALDINDA ESABAT BERDI
янв.21
Мойнақта Өзбекстан Халық демократиялық партиясының 35 жыллығына бағышланған илаж өткерилди
янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
Tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazida o'rganish ishlari olib borildi

#Kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #biriktirilgan_tashkilot #162_ta_Qonun_ijrosi

Tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazida o'rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi E. Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib, deputatga biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Tashrif davomida markaz faoliyati, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-415-sonli «Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosi yuzasidan oldindan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida qonun talablarining bajarilishi, ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish holati, aholining ehtiyojmand qatlamlariga manzilli yordam ko‘rsatish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini o‘rganish hamda mavjud masalalar yuzasidan tegishli xulosa va takliflarni shakllantirishdan iborat.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3