Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT BASLAMASI MENEN — MÁHÁLLEDE UNAMLI ÓZGERISLER
янв.21
DEPUTAT SAYLAWSHILAR ALDINDA ESABAT BERDI
янв.21
Мойнақта Өзбекстан Халық демократиялық партиясының 35 жыллығына бағышланған илаж өткерилди
янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
Tuman Kengashi sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

#Sessiya_kun_tartibidagi_masala #kotibiyat_xodimi_faoliyati

Tuman Kengashi sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Tumanda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish, ularning omillarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi bo‘yicha 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi tuman prokurorining axboroti yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tumanda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish, fuqarolar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kengaytirish hamda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijalari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida mazkur masalani ko‘rib chiqish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarish va kelgusidagi vazifalarni belgilash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 1