Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLAWSHILAR ALDINDA ESABAT BERDI
янв.21
Мойнақта Өзбекстан Халық демократиялық партиясының 35 жыллығына бағышланған илаж өткерилди
янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
Mahalladagi xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan tumanning “Navro‘z” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli Z.Ro‘zmetovaning faoliyati o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, nizoli vaziyatlarning oldini olish hamda tazyiq va zo‘ravonlikka duch kelishi mumkin bo‘lgan ayollar bilan manzilli ishlash masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan aholi, xususan, xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy tushuntirish ishlarini olib borish, oilaviy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, murojaatlarni o‘rganish va zarur hollarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda choralar ko‘rish borasidagi faoliyat tahlil qilindi.

🔵Tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishda muammolarni erta aniqlash, jabrlangan xotin-qizlarning murojaatlariga befarq bo‘lmaslik, ularning xavfsizligini ta’minlash hamda zarur ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam olishiga ko‘maklashish muhim ahamiyatga ega.

🔵O‘rganish jarayonida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, oilaviy nizolarning oldini olish va mahallada zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1