Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT BASLAMASI MENEN — MÁHÁLLEDE UNAMLI ÓZGERISLER
янв.21
DEPUTAT SAYLAWSHILAR ALDINDA ESABAT BERDI
янв.21
Мойнақта Өзбекстан Халық демократиялық партиясының 35 жыллығына бағышланған илаж өткерилди
янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Mazkur o‘rganish tadbiri Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 18-“Olmazor” saylov okrugidan saylangan deputati Xurram Ziyatovich Xo‘jaqulov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Esanovlar tomonidan “Olmazor” mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisining belgilangan vazifalarni bajarishi, yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, “Mahalla yettiligi” tizimi doirasida yoshlar yetakchisi va boshqa mas’ullar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning amaliy holati savolnoma asosida tahlil qilindi. Bunda yoshlarning murojaatlari bilan ishlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarning natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida mavjud muammolar va ularning kelib chiqish sabablari muhokama qilinib, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ishsiz yoshlarni aniqlash va ularni bandlikka yo‘naltirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda “Mahalla yettiligi” doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar deputatlik nazorati doirasida nazoratga olinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

🤝 Yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning tashabbus va imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda muammolarini o‘z vaqtida hal etish — mahalladagi muhim vazifalardan biridir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3