Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мойнақта Өзбекстан Халық демократиялық партиясының 35 жыллығына бағышланған илаж өткерилди
янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
“Turon” mahallasida ekologik vaziyat deputatlik nazorati doirasida muhokama qilindi

Termiz shahrida ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni asrash, daraxtlarni muhofaza qilish hamda atrof-muhit bilan bog‘liq masalalarni joyida o‘rganish yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “Turon” mahallasida bo‘lib, Termiz shahar Ekopolitsiya bo‘limi boshlig‘i S.Qurbonov ishtirokida mahalladagi ekologik vaziyatni muhokama qildi.
Uchrashuv davomida mahalla hududida qurib qolgan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish, ularning holatini mutaxassislar tomonidan o‘rganish hamda belgilangan tartibda tegishli xulosalar berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, daraxtlarning qurish sabablarini aniqlash, ekologik holatni yaxshilash va yashil hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha zarur choralarni belgilash yuzasidan fikr almashildi.

Asosiy maqsad — mahallada ekologik xavfsizlikni ta’minlash, mavjud yashil hududlarni asrash hamda aniqlangan muammolarni qonunchilik talablari asosida hal etishga ko‘maklashishdan iborat.