Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, shahar hokimi M. Usmonov, shahar Kengashi deputatlari M. Yunusov va M. Mavlonqulov xalqaro mutaxassislar bilan birgalikda Yangi Chorsu saylov okrugi tarkibidagi Tinchlik ko‘chasida bo‘lib, hududni turizm ko‘chasiga aylantirish masalasi yuzasidan aholi bilan muloqot o‘tkazdilar.

️Muloqot davomida Tinchlik ko‘chasining tarixiy qiyofasini tiklash, ko‘cha bo‘yidagi xonadonlarning o‘ziga xos me’moriy ko‘rinishini saqlab qolish hamda hududning tarixiy muhitini qayta jonlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ko‘chada sayyohlar uchun qulay infratuzilma yaratish, hududni obodonlashtirish va uning turistik jozibadorligini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Aholi bilan suhbat davomida xonadonlarning tarixiy qiyofasini asrash hamda rejalashtirilayotgan o‘zgarishlarni mahalliy aholining fikr va takliflarini inobatga olgan holda amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalqaro mutaxassislar ishtirokidagi ushbu muloqot Tinchlik ko‘chasining tarixiy merosini asrab-avaylash, uni turizm salohiyatiga ega hudud sifatida rivojlantirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha muhim fikr almashuv maydoni bo‘ldi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6