Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
PERINATAL MARKAZDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, tibbiyot muassasalaridagi shart-sharoitlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari olib borilmoqda.

Ana shunday o‘rganishlardan biri 3-Guliston saylov okrugida deputat S.Azizovga biriktirilgan Marg‘ilon shahar tumanlararo perinatal markazida tashkil etildi.

O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi S.Azizov ishtirok etdi.

O‘rganish davomida markazning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlarining holati, bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda muhandislik-kommunikatsiya tizimlarining ishlashiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, muassasada liftlarning ishlash holati ham ko‘zdan kechirilib, ularning faoliyati bilan tanishildi. Liftlarning sozligi va uzluksiz ishlashi, ayniqsa, homilador ayollar hamda tibbiy yordamga muhtoj bemorlar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish, tibbiyot muassasasida xizmatlar uzluksizligini ta’minlash hamda bemorlar uchun zarur sharoitlarni yaratish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan mazkur yo‘nalishdagi o‘rganishlar orqali mavjud holatni baholash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga e’tibor qaratish va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 3