Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 15-"Yangi Chorsu" saylov okrugidan saylangan deputati M.Yunusov tomonidan “Yangi Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim D.Qosimova faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda zarur xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

“Yangi Chorsu” mahallasida 66 ta oila Ijtimoiy reyestrga kiritilgan. Shuningdek, mahallada nogironligi bo‘lgan fuqarolar bilan ishlash, ularning ehtiyojlarini aniqlash va zarur yordamlarni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada 36 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro istiqomat qiladi. Ularning 5 nafari I guruh, 20 nafari II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, 2 nafari esa bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslardir.

Fuqarolarning kundalik hayotini yengillashtirish va harakatlanish imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida mahalladagi ehtiyojmand shaxslarga 2 ta nogironlik aravachasi va 1 ta ortopedik matras berilgan. Ushbu yordam vositalari fuqarolarning kundalik ehtiyojlarini qondirish va ularning hayot sifatini yaxshilashga ko‘maklashadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3