Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida, atroflicha ko‘rib chiqish, ularning mazmun-mohiyatini o‘rganish hamda mavjud muammolarni qonuniy tartibda hal etishga ko‘maklashish borasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, “Oydinbuloq” va “S.Abdulla” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning merosni qabul qilish, farzand ta’minoti uchun aliment undirish hamda ayolning ta’minoti uchun aliment undirish bilan bog‘liq murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.

Mazkur murojaatlar Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti shahar huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Tashboltaeyeva hamkorligida ko‘rib chiqildi. Jarayon davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning mazmuni, ularni hal etishning qonuniy asoslari va amaldagi tartib-taomillar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar yakunida fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari, merosni qabul qilish tartibi hamda aliment undirish bilan bog‘liq huquq va majburiyatlar yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish uchun qanday tartibda ish tutish, tegishli idoralarga murojaat qilish va zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2