Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
Mahalladagi mas’ul xodim faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 20-“To‘laboy” saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Maxmudov tomonidan “To‘laboy” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla mas’uli X.Jo‘rayevning faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, mahalla hududida olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish, fuqarolar bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish va aholining kundalik hayotida uchrayotgan masalalarga o‘z vaqtida munosabat bildirish jarayonlari yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi.

Mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatida aholi manfaatlarini ta’minlash, fuqarolarning taklif va murojaatlarini tinglash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni aniqlash hamda ularning muammolarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtayi nazardan, mahalladagi ishlarni tizimli tashkil etish va mas’ul xodimlar faoliyatini muntazam tahlil qilib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

️Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, aholi murojaatlariga befarq bo‘lmaslik, mahallada aniqlanayotgan muammolarni o‘z vaqtida tegishli tashkilotlarga yetkazish va ularning yechimi bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash zarurligi qayd etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3