Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
“PARKENT TONGI” GAZETASIDA DEPUTATLAR FAOLIYATI YORITILIB BORILMOQDA

“PARKENT TONGI” GAZETASIDA DEPUTATLAR FAOLIYATI YORITILIB BORILMOQDA
✅ Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari jamiyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholining xabardorligini oshirish, shuningdek, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan natijalarni keng jamoatchilikka yetkazishda muhim o‘rin tutadi.
✅ Tuman hokimligi muassisligidagi “Parkent tongi” gazetasi ham Parkent tumanining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotiga oid muhim voqea-hodisalarni muntazam yoritib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar va yangilanishlarni keng jamoatchilikka yetkazib kelmoqda.
🇺🇿 Gazetaning 2026-yil 15-oktabrdagi 42-sonida “Eksport ko‘lami oshmoqda” rukni ostida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovnaning maqolasi e’lon qilindi.
✅ Maqolada eksport ko‘lamini kengaytirish, mahalliy ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va iqtisodiy rivojlanish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratilgan. Bunday mavzularning matbuotda yoritilishi tumanning iqtisodiy hayoti, mavjud imkoniyatlar hamda rivojlanish istiqbollari haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirishga xizmat qiladi.
✅Deputatlar faoliyatining “Parkent tongi” kabi mahalliy ommaviy axborot vositalarida yoritilishi vakillik organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, aholi va deputatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda jamoatchilikning tuman hayotida kechayotgan jarayonlarga daxldorligini oshirishga xizmat qiladi.
➡️ Deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — aholi manfaatlarini ifodalash, hududdagi mavjud masalalarni o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashishdir. 📣
✅Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlar faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazish, aholi manfaatlarini ta’minlash va ochiq muloqot muhitini mustahkamlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettiradi.

Slide 1 of 1