Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мойнақта Өзбекстан Халық демократиялық партиясының 35 жыллығына бағышланған илаж өткерилди
янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Ish_reja_ijrosi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI


👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamovga Chag‘atoy mahallasi Do‘stlik ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolardan og‘zaki murojaat kelib tushdi.

🔎 O‘rganishlar davomida 2026-yil sentabr oyida mazkur ko‘chada ichimlik suvi tarmog‘ini o‘tkazish ishlari amalga oshirilgani natijasida uzunligi 180 metr bo‘lgan ko‘chaning avvalgi toshloq qoplamasi buzilib, yo‘lning tuproq holatiga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi.

📍 Hozirgi vaqtda quruq ob-havo sharoitida chang ko‘tarilishi, yog‘ingarchilik kunlarida esa loy hosil bo‘lishi aholi, xususan, yosh bolalar, maktab o‘quvchilari va keksalarning harakatlanishida qator noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida ushbu holat fuqarolarning kundalik hayotiga yanada salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

📄 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatni inobatga olib, Do‘stlik ko‘chasidagi yo‘l qoplamasini tiklash, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda mavjud noqulayliklarni bartaraf etish masalasini o‘rganish yuzasidan Sherobod tumani hokimining o‘rinbosari, Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i E. Musayev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🤝 Maqsad — aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, fuqarolar murojaatlariga yechim topish hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilashga ko‘maklashish.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 3