35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Qonunlar_ijrosi #Nazorat_tahlil


Oltinsoy tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida qonunchilik hujjatlari ijrosi hamda berilgan tavsiyalarning bajarilish holatini o‘rganish yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi A.Turdiyev, Kotibiyat mudiri M.Xujanov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi X.Tavasharov, komissiya a’zolari A.Mamatmuratov, A.Narmuratov, A.Xaitova, D.Turopova, shuningdek, Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirok etdi.

O‘rganish davomida maxsus savolnoma asosida amaldagi qonunchilik hujjatlarining ijro holati, deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda Kengash tomonidan berilgan tavsiyalarning bajarilishi atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, deputatlik faoliyatining tegishli yo‘nalishlariga oid 162 ta qonunchilik hujjati va 24 ta tavsiyaning ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazilib, mavjud holat, amalga oshirilgan ishlar hamda aniqlangan masalalar o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda tavsiyalarning bajarilishini kuchaytirish yuzasidan tegishli tahliliy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar Kengashning nazorat-tahlil faoliyati doirasida davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7