35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB BERILDI.

 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "2-Qo‘shtegirmon" saylov okrugi deputati G‘.Abdullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-maydagi “Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda iste’mol bozoriga go‘sht va go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 386-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2026-yil 19-avgust kuni 66-ds-287-26-sonli deputat so‘rovi yuborilgan edi.

✅ Mazkur deputat so‘roviga tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O.Xalimov tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi.

✅Javob xatida Bag‘dod tumanida chorva mollarini so‘yish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 2 ta qushxona mavjudligi, ular Qaroqchitol MFY Qaroqchitol qishlog‘i hamda Xitoy MFY 2-Xitoy qishlog‘i hududlarida faoliyat yuritishi uchun tegishli ruxsatnomalarga ega ekani ma’lum qilindi.

✅ Mazkur qushxonalar veterinariya-sanitariya va ekologik talablarga javob berishi, zarur jihozlar bilan ta’minlangani hamda veterinariya mutaxassislari bilan biriktirilgani qayd etildi. Shuningdek, so‘yish uchun olib kelingan chorva hayvonlari veterinariya ko‘rigidan o‘tkazilib, go‘sht mahsulotlariga veterinariya tamg‘asi qo‘yilishi ta’minlanmoqda.

✅ 2025-yilda veterinariya-sanitariya talablarini buzish hamda veterinariya hujjatlarisiz yoki tamg‘asiz go‘sht mahsulotlarini realizatsiya qilish bo‘yicha 9 ta, 2026-yilda esa 4 ta holatda jarima chorasi qo‘llanilgan. Shu bilan birga, go‘sht mahsulotlarini sotuvchi 61 ta do‘konga ogohlantirish xatlari tarqatilgan.

✅ Ayni vaqtda bozorlarda, savdo shoxobchalarida va boshqa realizatsiya nuqtalarida go‘sht mahsulotlarining veterinariya hujjatlari va tamg‘asi mavjudligi muntazam nazorat qilinmoqda.

✍️ Javob xatida, shuningdek, tumanda ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari mavjud emasligi, 386-sonli qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan veterinariya, sanitariya, ekologiya va boshqa mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Slide 1 of 1