35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Istirohat bog‘i o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq  O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Mannobov tomonidan tuman markazida barpo etilayotgan istirohat bog‘ining qurilish ishlari o‘rganildi

🟢O‘rganish davomida bog‘ hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining borishi, obyektlarning tayyorgarlik darajasi, hududni obodonlashtirish va aholi uchun zamonaviy dam olish sharoitlarini yaratish bo‘yicha bajarilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.

🟢Ayni paytda istirohat bog‘ida hududni yanada ko‘rkamlashtirish maqsadida ko‘kalamzorlashtirish, darvozalar hamda mavjud obyektlarni bo‘yoqlash kabi ishlar davom ettirilmoqda. Bog‘ning turli qismlarida obodonlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilib, hududning umumiy qiyofasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🟢Shuningdek, avval amalga oshirilgan ishlar bilan birgalikda bog‘ hududini yaxlit va zamonaviy ko‘rinishga keltirish, aholi uchun qulay piyoda yo‘laklarini shakllantirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda dam olish uchun munosib muhit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

🟢Bog‘ning aholi gavjum dam olish maskani ekanidan kelib chiqib, qurilish jarayonida xavfsizlik talablariga rioya etish, hududni toza va tartibli saqlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini sifatli amalga oshirish hamda yaratilgan infratuzilmani keyinchalik saqlash va parvarish qilish muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 5