Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
Deputatlik nazorati: jamoat xavfsizligi holati o‘rganildi

Deputatlik nazorati: jamoat xavfsizligi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan tuman Ichki ishlar bo‘limi faoliyati yuzasidan deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash, profilaktika inspektorlari faoliyati hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligi, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash hamda ularning oldini olish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlar tomonidan mas’ullarga aholi bilan ochiq va manzilli ishlashni kuchaytirish, muammoli hudud va oilalarni nazoratga olish, profilaktik tadbirlarning natijadorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlash hamda fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.

Deputatlik nazorati — hududdagi muammolarni aniqlash, mas’ul tashkilotlar faoliyatini o‘rganish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishning muhim vositasidir.

Slide 1 of 5