Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
8-BAND IJROSI: MAHALLA ICHKI KO‘CHALARI HOLATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

 8-BAND IJROSI: MAHALLA ICHKI KO‘CHALARI HOLATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 8-bandi — mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holatini yaxshilash hamda ko‘chalarni tunda yoritish masalalari ijrosini ta’minlash maqsadida deputat N. Dusmurodov tomonidan Mang‘itobod MFY hududidagi ko‘chalar mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mahalla ichki ko‘chalarining mavjud holati, yo‘l qoplamalarining ahvoli hamda tungi yoritish tizimlarining ishlash holati ko‘zdan kechirildi.

📌 Aniqlangan muammo va kamchiliklar qayd etilib, ularni bartaraf etish, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashildi.

💡 Sifatli yo‘l va yoritilgan ko‘cha — aholining xavfsizligi va kundalik hayoti uchun muhim omil.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar orqali hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimini ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilishga e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 2