Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLAWSHILAR ALDINDA ESABAT BERDI
янв.21
Мойнақта Өзбекстан Халық демократиялық партиясының 35 жыллығына бағышланған илаж өткерилди
янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
KATTA QASHQAR MAHALLASIDAGI “MANZILLI DASTUR” ISHLARI O‘RGANILDI

 KATTA QASHQAR MAHALLASIDAGI “MANZILLI DASTUR” ISHLARI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyat mudiri R.Nodirov, tuman
Kengashi deputatlari M.Sayfidinov B.Sharipov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi
M.To‘xtasinovlar tomonidan Katta Qashqar mahalla fuqarolar yig‘inida “og‘ir”
toifaga kiritilgan mahalla “Manzilli dastur” doirasida amalga oshirilayotgan
ishlar o‘rganildi.
 

Deputatlar mahallaning Qashqar ko‘chasida ko‘chaboshi E.Mirxalilov bilan
birgalikda “FAYZ MUMTOZ NE’MATI” MChJ tomonidan barpo etilayotgan 1,5 kilometr
uzunlikdagi piyodalar yo‘lagini qurish ishlarining borishi, sifati hamda
belgilangan muddatlarga muvofiqligini o‘rgandi.
 

O‘rganish jarayonida piyodalar yo‘lagini barpo etish ishlari ayrim joylarda
tekis va sifat talablari asosida bajarilmayotgani aniqlandi, mas’ul tashkilot
vakiliga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda qurilish ishlarini
belgilangan sifat talablari asosida amalga oshirish zarurligi ko‘rsatib
o‘tildi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini sifat
talablariga muvofiq va belgilangan me’yorlar asosida amalga oshirish yuzasidan
tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 4